26 noy 17:06
Yangiliklar
Boks/MMA
"Amirxon Alixo'jaev men bilan jang qilishdan bosh tortdi" - tojikistonlik sportchi
Tojikistonlik aralash yakka kurash ustasi Fazliddin Madrahimov o'z vaznidagi sportchilarga murojaat qildi.
Avvalroq, uning 29 dekabr kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida o'tkaziladigan Octagon 68 turnirida hamyurtimiz Muhiddin Mamajonov bilan jang qilishi haqida xabar bergandik.
"Jang sanasi va o'lja malum. Men Toshkentga raqibimni yo'q qilgani boraman, keyin esa kamar uchun urushaman. Alixo'jaev men bilan jang qilishdan bosh tortdi, Bozorovni esa Octagon ligasi asramoqda. Sayat yoki Mavlonbekmi farqi yo'q. Men sizlarni boshingizni olgani ketyapman", deydi Madrahimov.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar