08 okt 17:11
Yangiliklar
Amirxon Alixo'jaev: "Urushni men boshlamadim!"
"U bilan yoshligimizda bitta maktabda o'qib, do'st bo'lganmiz. Men iloji boricha urishmaslikka harakat qilayotgandim. CHunki bitta vaznda bo'lsak ham uning yo'li boshqa, mening yo'lim boshqa edi. Lekin eshitishim bo'yicha, o'zi jang qilishni istabdi.
Alloh yuzingizni issiq qilib qo'ysa, ko'tarilib ketaverasiz. Hatto chempion bo'lsangiz ham. Bu bolani (raqib nazarda tutilyapti) o'zimni sinab ko'rish uchun olgan edik. Doston qanaqa urushgan, men qanday urushaman qabilida. Endi iloji yo'q, ikkimiz ham chiqib bo'ldik. Ular xohlagani uchun ham men urushaman dedim", deya munosabat bildirdi Alixo'jaev.
Amirxon 6 oktyabr kuni Olma-Ota shahrida tashkil etilgan Octagon 64 turnirida qozog'istonlik Nurbek Tojiboevni nokautga uchratgan bo'lsa, Doston Bozorov braziliyalik Gilerme Neresni muddatidan oldin taslim etgan edi.
Fikrlar