07 sen 10:12
Yangiliklar
"Ana shu qora yigit". Rahmonov tresh-tok uchun UFC`ning qaysi jangchisini kaltaklamoqchi ekanini aytdi
— Agar biror jangchini tanlab, uning og'zini butunlay yopib qo'yish imkoning bo'lsa, kimni tanlarding?
— Ana shu qora yigit Xoakin Baklini. U doim nimadir deydi, yozadi, g'iybat qiladi. Agar imkoniyat bo'lsa, uni kaltaklayman, — dedi Rahmonov ALF Global YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Qozog'iston sharafini himoya qiluvchi 31 yoshli Rahmonov MMA`dagi faoliyatini 2014 yil oktyabr oyida boshlagan. "Nomad" hisobida 19 ta g'alaba (shundan 18 tasi muddatidan avval) bor va u hali biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan. SHavkat M-1 Global’ning yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioni bo'lib, kamarini bir marta muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Amerikalik jangchining professional rekordida 21 ta g'alaba (15 tasi muddatidan avval) va sakkizta mag'lubiyat bor. Bakli professional faoliyatini Rahmonov singari 2014 yilda boshlagan.

Fikrlar