06 noy 14:53
Yangiliklar
Ana xolos! Konor Makgregor jinsiy zo'ravonlikda ayblanmoqda
Jabrlanuvchi, sartarosh Nikita Ni Laymxinning so'zlariga ko'ra, 2018 yil 9 dekabrda Makgregor va uning do'sti Jeyms Lourens Dublinda unga nisbatan jinsiy zo'ravonlik qilgan.
Rojdestvo ziyofatidan so'ng Ni Laymxin Makgregorga aloqaga chiqqan, shundan so'ng Konor uni do'sti bilan shaxsiy mashinasida olib ketgan. Aniqlik kiritilishicha, o'sha kuni kechqurun irlandiyalik jangchida narkotik moddalar solingan xalta bo'lgan. Biroz vaqt o'tgach, ular Jeyms Lourensning uyiga etib kelishgan, shunda Makgregor Nikitaga jismoniy kuch ishlatgan. Jabrlanuvchining so'zlariga ko'ra, Konor uni bo'g'ib qo'ygan.
Nikita Ni Laymxin Konor Makgregordan tovon puli talab qilmoqda. Irlandiyalikning advokatlari Ni Laymxin tovlamachilik va firibgarlik bilan shug'ullanganini takidlamoqda. Keyingi sud majlisi ikki hafta ichida bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Fikrlar