So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

07 iyu 10:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Ana xolos! Qozog'istonlik jahon chempioni rafiqasiga nisbatan shafqatsiz zo'ravonlikda ayblanmoqda!

Ijtimoiy tarmoqlarda boks bo'yicha Jahon va Osiyo chempioni, kokshetaulik Temirtas Jusupov rafiqasi, ikki farzandining onasini shafqatsizlarcha kaltaklagani haqida malumotlar tarqaldi.

Orda.kz muxbiriga izoh bergan sportchi esa bu voqea oiladagi uzoq yillik munosabatlar inqirozi ortidan kelib chiqqanini takidladi.

Mojaro haqidagi dastlabki malumot Threads ijtimoiy tarmog'ida jabrlanuvchining opasi tomonidan elon qilingan.

Uning yozishicha, 29 iyundan 30 iyunga o'tar kechasi yoki 1 iyul kuni singlisi turmush o'rtog'i Temirtas Jusupov tomonidan qattiq kaltaklangan.

«Natijada u og'ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketildi. Tibbiy hujjatlarda asfiksiya, bosh qismida ochiq jarohat, tirishish holati va bosh miya shishi qayd etilgan. U hushsiz holatda bo'lgan», — deb yozdi jabrlanuvchining opasi.

Aqmola viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi mazkur ayol haqiqatdan ham 30 iyun kuni ko'p tarmoqli viloyat shifoxonasiga yotqizilganini tasdiqladi. Uni yuz-jag' jarrohi hamda neyrojarroh ko'rikdan o'tkazgan.

Rasmiy malumotga ko'ra, shifokorlar unga yopiq bosh-miya jarohati, bosh miya chayqalishi, yuz yumshoq to'qimalari lat eyishi va tirnalishlar tashxisini qo'ygan. SHuningdek, tirishish sindromi ham kuzatilgan.

Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasining malum qilishicha, bemorga jarrohlik amaliyoti talab etilmagan. U neyrojarrohlik bo'limiga yotqizilgan, biroq ertasi kuni davolanishni davom ettirishdan bosh tortib, tilxat yozgan holda uyiga javob berilgan. Hozirda ambulator tarzda davolanmoqda.

Holat yuzasidan policiya jinoyat ishini qo'zg'atgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Biroq jabrlanuvchining yaqinlari tergov jarayonidan xavotir bildirmoqda.

«U qo'lga olinganidan taxminan besh soat o'tib qo'yib yuborildi. Bu esa singlimning xavfsizligi yuzasidan jiddiy xavotir uyg'otmoqda», — deyiladi murojaatda.

Muallif advokat so'zlariga tayanib, etkazilgan jarohatlarning og'irligi va xususiyati bu holat qasddan odam o'ldirishga suiqasdga ko'proq o'xshashini takidlagan.

SHuningdek, u Temirtas Jusupov ozodlikka chiqqanidan keyin ham rafiqasiga tahdid qilishda davom etganini bildirgan.

«U ajrashadigan bo'lsa, o'ldirishini aytgan. SHuningdek, hamma joyda tanishlari borligini takidlagan. Uni videoga olib, ruhiy kasal sifatida ko'rsatish va shu yo'l bilan bolalarni olib qo'yishini aytgan», — deya yozgan jabrlanuvchining opasi.

U vakolatli organlardan singlisi va jiyanlari xavfsizligini taminlash, shuningdek, voqeani har tomonlama va xolisona tergov qilishni so'ragan. Uning takidlashicha, Temirtas Jusupov Jahon va Osiyo chempioni hisoblanadi va bunday jismoniy tayyorgarlikka ega inson oilaviy zo'ravonlik uchun yanada kattaroq masuliyatni his qilishi lozim.

Temirtas Jusupov esa telefon orqali bergan intervyusida oilaviy mojaro bo'lganini tasdiqladi. SHu bilan birga, uning aytishicha, rafiqasiga nisbatan kuch ishlatishi uning avvalgi harakatlariga javob bo'lgan.

«U meni bir necha marta urgan. O'sha kuni kalit bilan ko'zimni chiqarishga, qaychi bilan urishga urindi. Men chiday olmadim va uni tinchitdim. Bolalar barchasini ko'rdi va buni tasdiqlay oladi», — dedi Jusupov.

Uning so'zlariga ko'ra, ularning munosabatlari uzoq vaqtdan buyon inqirozga uchragan va janjallar oddiy holga aylangan.

«Janjallar, asabiylik, urushishlar... 12 yil davomida qancha sabr qildim. Bizga erkak kishi ayolga qo'l ko'tarmasligi o'rgatiladi. U esa buni bilardi va chegaradan o'tishga yo'l qo'yardi. Men vaziyatni keskinlashtirmaslik uchun ko'chaga chiqib ketardim. Tushuntirishga harakat qilardim. U menga tashlanganda esa hatto bolalar ortiga yashirinishga majbur bo'lardim», — dedi u.

Jusupovning takidlashicha, uning rafiqasi ham sobiq sportchi bo'lib, erkin kurash va og'ir atletika bilan shug'ullangan.

«U men tahdid qilganimni aytyapti. Aslida esa doim menga tahdid qilishardi. Men ommabop insonman, shuning uchun rafiqam doim menga qarshi kompromat topilishini aytardi. Bu albatta meni oqlamaydi, ammo sabrim tugaganda ham qattiq urmaslikka harakat qilardim», — dedi sportchi.

Juftlik 11 va 7 yoshli ikki nafar farzandni tarbiyalab kelmoqda. Jusupovning fikricha, ehtimol ular ancha oldin ajrashishlari kerak edi. Biroq u bolalarning to'liq oilada o'sishini istaganini aytdi.

«Hozir menga qanchalik katta tanqidlar bo'lishini tushunaman. Albatta, hamma erkakni ayblaydi. "Oshxona bokschisi", "noadekvat" degan gaplar bo'ladi. Bu katta shov-shuvga aylanishi aniq», — deya xulosa qildi Temirtas Jusupov.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing