09 fev 09:52
Yangiliklar
Tennis

Anderson Nyu-Yorkda chempionligini himoya qilmaydi
Janubiy Afrika Respublikasi tennischisi Kevin Anderson AQSHning Nyu-York shahrida o'tkaziladigan turnirda ishtirok etmaydigan bo'ldi.
Bunga afrikalik raketka ustasining jarohati sabab bo'lmoqda. Aynan Anderson Nyu-York musobaqasining amaldagi chempioni hisoblanadi. U turnirning birinchi raketkasi bo'lishi kerak edi.
Endi amerikalik Jon Izner birinchi raqamli tennischi bo'ladi. Kevindan tashqari, avstraliyalik Aleks De Minaur ham Nyu-York shahriga bormaydi.
Havola :
Fikrlar