29 may 08:58
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Layloda g'alaba, Arinada esa mag'lubiyat
Andijon shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi “Fyuchers” turnirining asosiy to'r bahslari boshlandi.
Hamyurtimiz Sabina SHaripova mukofot jamg'armasi 25 000 dollardan iborat ushbu musobaqaning birinchi saralangan tennischi sifatida qayd etilgan. U o'z ishtirokini bugun yana bir hamyurtimiz Yuliya Kimga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
Kecha ilk davrada uch nafar tennischimiz kortga chiqdi. Laylo Bahodirova dugonasi Olesya Kimga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:0, 6:0. Arina Folc esa turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Olga Doroshinaga 2:6, 2:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar