So’nggi yangiliklar

09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0

25 sen 16:42
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Andijonda jahon chempionati sovrindorlari mahorat mashg'uloti o'tkazdi

Andijonda Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida 9-16 sentyabr kunlari para-suzish bo'yicha bo'lib o'tgan jahon chempionati sovrindorlari Firdavs Musabekov hamda Muzaffar Tursunxo'jaev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida tashkil etilgan tadbirda maktabning o'quvchi, o'qituvchi, murabbiylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Unda mamlakatimizda yosh sportchilarga sport bilan shug'ullanishlari, o'zlarining iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, buning samarasi o'laroq, turli xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishayotgan sportchilar safi tobora ortib borayotgani takidlandi.

7.JPG

Yaqinda Londonda o'tkazilgan para-suzish bo'yicha jahon chempionatida Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi sportchisi Firdavs Musabekov kumush medalni qo'lga kiritib, 2020 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. SHuningdek, mazkur maktabning yana bir sportchisi Muzaffar Tursunxo'jaev 50 metrga erkin usulda suzishda bronza medalga sazovor bo'lib, Tokio-2020 paralimpiadasi yo'llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarni jamg'ardi.

Uchrashuvda g'olib sportchilar va ularning murabbiyi Nodirbek Abdullaev qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

– Ayni kunda suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda slalomda eshkak eshish bo'yicha 418 yigit-qiz tahsil oladi, – deydi maktab direktori Ilhomjon Ergashboev. – Ularning 128 nafari qizlardir. Maktabimizda o'quvchilarning talim olishi, sport bilan shug'ullanishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. SHu bois ham o'quvchilarimiz erishayotgan yutuqlar ko'lami yildan yilga ortib bormoqda.

11.JPG

SHu o'rinda takidlash joizki, mazkur maktab o'quvchilarining 38 nafari o'z yo'nalishlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi, 22 nafari esa azolikka nomzodlardir. Umuman, o'quvchilar tomonidan birgina joriy yilning o'tgan davrida O'zbekiston chempionati va boshqa qator turnirlarda 56 oltin, 77 kumush, 64 bronza, jami 197 medal qo'lga kiritildi.

Uchrashuv yakunida jahon chempionati sovrindorlari yosh sportchilar uchun mahorat mashg'uloti o'tkazdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing