So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

16 avg 17:49
Yangiliklar

Boshqalar, Voleybol

Andijonda “Otam, onam va men – sportchi oila” musobaqasi o'tkazildi FOTOGALEREYA

Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi oldidan “Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon!” shiori ostida viloyat hokimligi, xotin-qizlar qo'mitasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida sport musobaqalari o'tkazilmoqda.

Jumladan, Andijonda “Otam, onam va men – sportchi oila” oilaviy jamoalar hamda viloyat hokimi kubogi uchun xotin-qizlar o'rtasida voleybol musobaqalari bo'lib o'tdi.

Tadbirda mamlakatimizda bolalar va oilaviy sportni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar o'rtasida sportning ommaviyligini oshirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish masalalariga alohida etibor qaratilayotgani, shuningdek, o'tkazilayotgan mazkur musobaqalar sport bilan muntazam shug'ullanuvchi oilalar, xotin-qizlar safini kengaytirish, ularni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi.

“Otam, onam va men – sportchi oila” oilaviy jamoalar sport musobaqasi viloyatdagi 880 ta mahalla fuqarolar yig'inida o'tkazilib, 4 mingdan ziyod oilaviy jamoalar ishtirok etdi. Musobaqaning viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida g'olib bo'lgan jamoalar o'zaro bahslashdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, SHahrixon tumanidagi Qo'rg'oncha mahallasidan SHamsiddin Jalolov oilasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Paxtaobod tumani Soy mahallasida yashovchi Nasibjon Temirov oilasiga ikkinchi, Asaka tumani Mirzaobod mahallasidan Husniddin Pardadinov oilasiga uchinchi o'rin nasib etdi. G'olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Xotin-qizlar jamoalari o'rtasida viloyat hokimi kubogi uchun o'tkazilgan voleybol musobaqasida Bo'z tumani jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritib, viloyat hokimi kubogi sohibiga aylandi. Marhamat tumani jamoasi ikkinchi, Asaka tumani jamoasi uchinchi o'ringa sazovor bo'ldi.

F.Ubaydullaev, Z.Umurzoqov (surat), O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing