So’nggi yangiliklar

15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0

20 fev 12:50
Yangiliklar

Futbol

Andrey Miklyaev: "Al Taavon" OCHLda birinchi bor ishtirok etmoqda"

Bugun o'tkaziladigan OCHL doirasidagi "Al Taavon" - "Lokomotiv" o'yini oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda dastlab “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyaev ishtirok etdi. Unga 33-raqamdagi futbolchi Oleg Zoteev hamrohlik qildi.

Andrey Gennadevich savollarga javob qaytarar ekan, “Lokomotiv” yana bir bora Saudiya Arabistoniga tashrif buyurganidan mamnun ekanligini aytib o'tdi.

“Biz bu erga necha marta kelgan bo'lsak, har safar iliq taassurotlar bilan qaytganmiz. Umid qilamanki, bu safar ham shunday bo'ladi. “Al Taavon” Osiyo chempionlar ligasida birinchi bor ishtirok etmoqda, ular bundan xursand ekanliklari turgan gap”.



“Biz ertaga shu yil hisobidan birinchi rasmiy uchrashuvni o'tkazamiz va o'yin qanday kechishini oldindan aytish qiyin. Saudiya chempionatida mavsum ayni qizg'in pallaga kirgan, bizda esa chempionat hali boshlangani yo'q. Lekin biz bu haqda o'ylayotganimiz yo'q, chunki bu erga ijobiy natija bilan qaytish maqsadida kelganmiz”.

“Al Taavon”ni yaxshilab o'rganishga harakat qildik. Ularning oxirgi ikkita uchrashuvini diqqat bilan kuzatib chiqdik. Jamoa yaxshi holatda. Biz mavsumga tayyorgarliknining asosiy qismini dastlab Dubayda, keyin Antaliyada olib bordik. Yigitlar ertangi o'yinga tayyor” – deya aytib o'tdi Andrey Miklyaev.

Jurnalistlardan biri Oleg Zoteevga quyidagi savol bilan murojaat qildi: “Saudiyada futbolchilar tezkor va texnikasi zo'r, O'zbekistonda esa jismonan kuchli futbolchilar ko'p. Bu haqda nima deya olasiz?”

Ushbu savolga javoban Zoteev quyidagi fikrni bildirdi: “O'zbekistonda ham texnik tomonlama mahoratli futbolchilar ko'p, xususan bizning jamoada ham bunday futbolchilar etarlicha topiladi. Agar ishonmasangiz, ertaga o'yinimizni ko'ring va bunga o'zingiz guvoh bo'lasiz”.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing