So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

12 sen 21:05
Yangiliklar

Futbol

Andrey Miklyaev: “Keyingi bosqichga olib chiqadigan istalgan natija qoniqtiradi”

Teglar :  LokomotivAl AynOCHL
“Lokomotiv” – “Al Ayn” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Mikyalev o'z fikrlarini bildirdi. Unga jamoa hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov hamrohlik qildi.

“Klubni keyingi bosqichga olib chiqadigan istalgan natija meni qoniqtiradi. Albatta keyingi bosqichga chiqishni istaymiz. Ammo imkoniyatlarni teng deb baholayman”, - deydi Miklyaev.

"Barchani Hayit bayrami bilan tabriklayman. O'yinga kelsak juda qiziqarli o'yin bo'ladi. Bizning ustunligimiz o'z uyimizda o'ynashimiz. Nasib qilsa keyingi bosqichga chiqamiz", - deydi Temurxo'ja Abduxoliqov.

- Raqib safida Kayo o'ynadi. Uni o'rganib chiqdingizmi?

- Albatta raqib safida mahoratli futbolchilar o'ynashadi. Kayoni o'rgandik. Ammo menga raqib safida Omar Abdulrahmon va Asprilla kabi futbolchilar yoqdi.

- Jarohat olganlar bormi?

- Afsuski ha. Stepanovich jarohat olib safdan chiqqan. O'tgan o'yinda SHerzod Fayziev jarohat oldi.

- Oliy ligada to'purarsiz, ammo OCHLda golsiz seriya cho'zilib ketdi...

Temurxo'ja Abduxoliqov: - Albatta, oliy liga bilan OCHLni solishtirib bo'lmaydi. Ertaga imkon qadar gol urishga va jamoamga g'alaba keltirishga urinaman.

- Jamoa penaltilar seriyasiga tayyormi?

- Ha tayyor.

- Raqib safida qaysi futbolchini alohida ko'rsatgan bo'lardingiz?

Temurxo'ja Abduxoliqov: - "Al Ayn" safida mahoratli futbolchilar ko'p. Ularni birma bir sanab o'tirish shart emas deb o'ylayman.

- Ertaga jamoa qanday o'yin ko'rsatadi hujumkor yoki himoyaviy?

Temurxo'ja Abduxoliqov: - O'yindan oldin barcha kartalarni ochib yuborish to'g'ri bo'lmasa kerak. Lekin shaxsan menga hujumkor o'yin yoqadi, murabbiylar qanday taktika tanlashsa shunday o'ynashga tayyormiz.

Narzulla Saydullaev


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing