09 sen 09:37
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/44904_220.jpg)
Angliya 30 yillik antirekordni takrorladi
Angliya terma jamoasi so'nggi 30 yilda ilk bor ketma-ket 3ta o'yinda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Kecha oqshom inglizlar Millatlar Ligasi turniri doirasida Ispaniya terma jamoasini qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bu bilan Angliyaning ketma-ket qabul qilib olgan mag'lubiyatlari soni 3taga etdi.
Inglizlar Ispaniyagacha JCH-2018 doirasida Xorvatiya va Belgiya terma jamoalariga ham yutqazishgan edi. So'nggi bor Angliya 30 yil avval, Evro-1988 chempionatida ketma-ket 3ta o'yinda mag'lubiyatga uchragandi.
Havola :
Fikrlar