19 fev 08:11
Yangiliklar

Angliya kubogi. CHorak finaliga qura tashlandi, MYU yana safarda o'ynaydi
"Stemford Bridj" stadionida o'tgan uchrashuvda "Manchester Yunayted" jamoasi mezbon "CHelsi"ni Errera va Pogbaning gollari evaziga 2:0 hisobida mag'lub etdi. Biroz avval musobaqaning chorak finaliga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, juftliklar quyidagicha ko'rinish oldi:
Angliya kubogi. CHorak final
"Suonsi" – "Manchester Siti"
"Uotford" – "Kristal Pelas"
"Vulverxempton" – "Manchester Yunayted"
"Milluoll" – "Brayton"
Qayd etish joiz, Ole Gunnar Sulsher boshchiligidagi MYU kubokda ketma-ket uchinchi bor safarda to'p tepadi. Bungacha "Qizil iblislar" "Arsenal" va "CHelsi" jamoalarini mehmonda taslim etishgan edi. Endi esa yarim finalga chiqish uchun "Vulverxempton" maydoniga safar uyushtiriladi.
Malumot uchun, Angliya kubogining chorak final o'yinlari 15-18 mart kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar