17 fev 07:27
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/28766_220.jpg)
Angliya Kubogi. Jiru ilk golini urgan o'yinda “CHelsi” g'alaba qozondi
Angliya Kubogining 1/8 bosqichi doirasida “CHelsi” klubi o'z maydonida “Xall Siti”ni qabul qildi.
Unda mezbonlar 4:0 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi. O'yin taqdiri birinchi bo'limning o'zida hal etildi. Villian dublga erishgan bo'lsa, Pedro va Jiru bittadan gol kiritishdi.
Takidlash o'rinli, Olive Jiru “CHelsi” safida ilk golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. SHu tariqa “CHelsi” 1/4 bosqichiga yo'l oldi.
“CHelsi” – “Xall Siti” 4:0.
Gollar: Villian, 2 (1:0); Pedro, 27 (2:0); Villian, 32 (3:0); Jiru, 42 (4:0).
Amalga oshirilmagan penalti: Meyler, 51. (Xall Siti)
Havola :
Fikrlar