17 mar 07:18
Yangiliklar
Futbol

Angliya kubogi. “Manchester Yunayted” chorak finalda to'xtatildi
Angliya kubogi ¼ finalida “qizil iblislar” “Vulverxempton” to'sig'idan o'ta olishmadi.
Mezbonlar 70-daqiqada Raul Ximenesning zarbasidan so'ng hisobni ochgan bo'lishsa, 76-daqiqada Diogo Yota oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Bahsning so'nggi daqiqalarida Markus Reshford tomonidan kiritilgan gol hisobni qisqartirishga xizmat qildi -2:1.
Natijada dongdor raqib ustidan g'alabaga erishgan “Vulverxempton” yarim finalga yo'l oldi. Avvalroq “Manchester Siti” va “Uotford” ushbu turnirning yarim final yo'llanmasiga ega chiqishgan edi. To'rtinchi yarim finalchi “Miluoll” va “Brayton” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar