28 jan 07:19
Yangiliklar

Angliya kubogi. "Tottenxem" musobaqani tark etdi
Roy Xojson boshchiligidagi "Kristal Pelas" jamoasi bir qator yo'qotishlari bor "Tottenxem"ni mag'lub etib, musobaqaning nimchorak finaliga yo'l oldi. Dastlab Uikxem 9-daqiqada deyarli bo'sh qolgan darvoza to'riga joylab qo'ydi.
Bir necha daqiqadan so'ng Taunsend penaltidan gol urib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Bu hisob o'yin oxirigacha saqlanib qoldi va shu tariqa londonliklar musobaqadagi ishtiroklarini erta yakunlashdi.
Kristal Pelas – Tottenxem 2:0
"Selxerst Park" stadioni
Gollar: 1:0 – 9 Uikxem, 2:0 – 34, penalti Taunsend.
Kristal Pelas – Speroni, Kelli, van Anxolt, Uord, Denn, Mayer (Milivoevich, 79), SHlupp, Taunsend (Ayyu, 88), Kuyate, Zaa, Uikxem (Benteke, 70).
Tottenxem – Gassaniga, Sanches, Vertongen (Lamela, 46), Uoker-Piters, Foyt, Lukas Moura (Sterling, 81), Dayer (Vanyama, 63), Nkudu, Skipp, Tripper, Lorente.
Ogohlantirishlar: Sanches (55), Foyt (59), Benteke (90).
Fikrlar