01 dek 08:10
Yangiliklar

Angliya Liga kubogi. “Arsenal” safdan chiqdi, “MYU” esa yarim finalga
Kutilmaganda Londonning “Arsenal” klubi o'z maydonida “Sautgempton”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. “Manchester Yunayted” jamoasi esa “Vest Xem”dan yirik 4:1 hisobida ustun keldi.
Marsyal va Zlatan Ibragimovich uchrashuvda dublga erishishdi. Bir kun avval “Liverpul” va “Xall Siti” klublari ham yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishgan edi.
Angliya Liga kubogi. 1/4 final
ARSENAL – SAUTGEMPTON 0:2 (0:2, 0:0)
1 dekabr, 00.45.“Emireyts” stadioni
Gollar:0:1 – 13 Klasi, 0:2 – 38 Bertran.
“Arsenal” – Martines, Gabriel, Gibbs, Jenkinson (Meytlend-Naylz, 64), Xolding, Koklen, El-Nenni (Jaka, 43), Remzi, Ren-Adeled (Oksleyd-CHemberlen, 62), Ivobi, Peres.
“Sautgempton” – Forster, Yosida, Bertran, Martina, van Deyk, Devis, Klasi, Bufal (Sims, 66), Rid (Xeyberg, 65), Makkuin, Long.
Ogohlantirishlar:El-Nenni (29), Ivobi (33), Yosida (34), Peres (80).
MANCHESTER YUNAYTED – VEST XEM 4:1 (1:1, 3:0)
1dekabr, 01.00.“Old Trafford” stadioni
Gollar:1:0 – 2 Ibragimovich, 1:1 – 35 Fletcher, 2:1 – 48 Marsyal, 3:1 – 62 Marsyal, 4:1 – 90 Ibragimovich.
“Manchester Yunayted” – De Xea, Roxo, Djons, SHou (Blind, 46), Valensiya, Mxitaryan (Reshford, 90), Kerrik, Errera, Marsyal (SHvaynshtayger, 86), Runi, Ibragimovich.
“Vest Xem” – Adrian, Ogbonna, Rid, Kressuell (Masuaku, 45), Antonio (Lansini, 58), Kuyate, Obiang, Payet (Dzadza, 76), Feguli, Fernandesh, Fletcher.
Ogohlantirishlar:Obiang (15), Valensiya (39), Runi (53).
Fikrlar