07 fev 08:55
Yangiliklar
Futbol

Angliya Liga kubogi finalini boshqaradigan hakam malum
Angliya Liga kubogining hal qiluvchi final uchrashuvini boshqaradigan hakam nomi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, “MYU” - “Sautgempton” jamoalari o'rtasidagi final bahsini FIFA referisi Andre Marriner boshqaradi. Marrinerga qanotlarda Richard Uest va Styuart Bart yordam beradi. Zaxira hakami Kevin Frend.
Malumot uchun, Angliya Liga kubogining final uchrashuvi 26 fevral, yakshanba kuni London shahridagi muhtasham “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanishi rejalashtirilgan.
Havola :
Fikrlar