15 noy 09:24
Yangiliklar
Futbol

Angliya terma jamoasi hisobidagi rasmiy o'yinlar soni 1000 taga etdi
Inglizlarning birinchi rasmiy bahsi 1872 yil SHotlandiya (0:0) terma jamoasiga qarshi o'tkazilgandi.
Kecha Angliya milliy terma jamoasi Evro-2020 saralash bosqichi doirasida CHernogoriyaga qarshi maydonga tushdi va o'zi uchun yubiley o'yinda yirik 7:0 hisobida zafar quchdi. Mazkur uchrashuv inglizlar uchun 1000-rasmiy bahsga aylandi.
Qiziqarli jihati shundaki, Angliyaning 900-rasmiiy uchrashuvi ham 2011 yil 7 oktyabr sanasida CHernogoriya terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan va o'sha o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgandi.
Havola :
Fikrlar