17 iyu 18:30
Yangiliklar
Futbol
Angliya Tuxel borasida bir qarorga keldi
Angliya futbol associaciyasi terma jamoaning Jahon chempionati yarim finalida Argentinadan uchragan mag'lubiyatidan (1:2) keyin Tomas Tuxelning kelajagi bo'yicha yakuniy qarorni qabul qildi.
Insayder Fabricio Romanoning malum qilishicha, associaciya germaniyalik mutaxassisni istefoga chiqarish niyatida emas. U terma jamoada kamida amaldagi shartnomasi yakunlanadigan 2028 yilga qadar faoliyatini davom ettiradi.
Alohida aytish joiz, Angliya 2028 yilgi Evropa chempionatiga mezbonlik qiluvchi to'rtta davlatdan biri bo'lishiga qaramay, turnirning final bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olmaydi. U ham xuddi qolgan uchta mezbon terma jamoa kabi saralash bosqichida ishtirok etishga majbur.
Havola :
Manba : x.com/FabrizioRomano
Fikrlar