17 mar 16:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda
Yarimog'ir vaznda amaldagi UFC chempioni Magomed Ankalaev chexiyalik sobiq chempion Irji Proxazka bilan jang o'tkazmaydi.
"Aleks Pereyraga qarshi revansh ustida ish olib borilyapti. SHu bois, Proxazka bilan aniq jang bo'lmaydi", - dedi Ankalaevning jamoadoshlaridan biri.
Eslatib o'tamiz, 8 mart kuni o'tkazilgan turnirda Magomed Ankalaev braziliyalik Aleks Pereyrani mag'lubiyatga uchratib, yarimog'ir vazn toifasining yangi chempioniga aylangandi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar