13 apr 18:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Ankalaevga UFC 300 turnirida Pereyra bilan jang taklif qilingan ekan
Yarimog'ir vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Magomed Ankalaev UFC 300 turnirida Aleks Pereyraga qarshi jangni rad etishga majbur bo'lgan ekan.
"Ushbu musobaqada Pereyraga qarshi jang taklif qilishgandi, ammo bizda Ramazon oyi bo'lgani uchun men bunga rad javobini bergandim.
Bu sportda anchadan beriman va ularda hech qanday xavf ko'rmayapman. Kim g'olib bo'lishining farqi yo'q. Menda turli sinovlar, qulay va noqulay raqiblar bo'lgan. Maqsad bitta - kamar qo'lga kiritish", - dedi Magomed Ankalaev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar