23 okt 09:06
Yangiliklar
Tennis
Annika Bek 24 yoshida faoliyatini yakunladi
Germaniyalik tennischi Annika Bek kutilmagan qaror qabul qildi.
Bek o'zining 24 yoshida professional tennischilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Annika o'zining qisqa faoliyati davomida WTA tasnifiga kiruvchi ikkita turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
U 2014 yilda Lyuksemburg, 2015 yili esa Kvebek turnirlarida zafar quchdi. Yana ikkita turnirning finalida o'ynagan. “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlardagi eng yaxshi natijasi - to'rtinchi davradagi ishtirok bo'lgan. Endi Annika tibbiyot sohasida faoliyatini davom ettiradi.
Havola :
Fikrlar