22 noy 13:11
Yangiliklar
Tennis

Antaliya "Fyuchers". Humoyun Sultonovning g'alaba qozonishi uchun 45 daqiqa kifoya qildi
Tennischimiz Humoyun Sultonov Antaliya shahrida bo'lib o'tadigan mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Fyuchers" turnirida ishtirok etishi haqida xabar qilgandik.
Bugun u yakkalik bahslarida turnirdagi ilk o'yinini o'tkazdi.
Ilk davrada tennischimiz rossiyalik Mixail Balmashevga qarshi kortga chiqdi.
45 daqiqa davom etgan o'yinda Humoyun raqibini 6:1, 6:0 hisoblarida mag'lub etdi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar