08 apr 09:50
Yangiliklar
Dzyudo
Antaliya Gran-prisi. Diyora bronza uchun bahsda yutqazdi
Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo'yicha nufuzli Gran-Pri turniri davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, kechagi ilk kungi bahslarda 6 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqdi. Lekin ulardan hech biri sovrinli o'rinlarni egallay olmadi.
Kechagi kungi eng yaxshi natijamiz 5-o'rin bo'ldi. Qizlarimizdan -52 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilgan Diyora Keldiyorova bronza medali uchun kechgan bahsda isroillik Ariel Bezalelga yutqazib qo'ydi.
Yoshlar o'rtasida jahon va Osiyo chempioni bo'lgan Diyora uchun bu yomon natija emas. U Antaliyadagi ilk bahsida xitoylik raqibasini mag'lub etdi. Ikkinchi davrada turkiyalik Damla CHaliskandan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar