10 apr 08:55
Yangiliklar
Dzyudo
Antaliya Gran-prisi. Umumjamoa hisobida oltinchi bo'ldik
Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha nufuzli Gran-Pri turniri yakunlandi.
O'ttiz to'rt davlatdan etakchi dzyudochilar tatamiga chiqqan Antaliya Gran-prisida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda, aniqrog'i 14 nafar dzyudochi bilan ishtirok etdi.
Terma jamoamizga yagona medalni Mirzohid Farmonov taqdim etdi. -73 kg vazn toifasida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazgan hamyurtimiz barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
O'z vazn toifalarida Soyib Qurbonov, SHahzodbek Sobirov, Diyora Keldiyorova va Kumush Yo'ldosheva 5-o'rinni band etishdi. Bitta oltin medal, 4ta 5-o'rin va 4ta 7-o'rinni band etgan dzyudochilarimiz yakunda 34 davlat orasida umumjamoa hisobida 6-o'rinni egallashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar