22 noy 11:20
Yangiliklar
Tennis

Antaliya. Humoyun Sultonov juftlik bahslarida yutqazdi
Kecha tennischimiz Humoyun Sultonov Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tayotgan "Fyuchers" turnirining juftlik bahslaridagi o'yinini o'tkazdi.
Ruminiyalik Vladislav Melnich bilan juftlik hosil qilgan tennischimiz ilk davrada Xampel (Avstriya)/Lazov(Bolgariya) juftligiga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 2 daqiqa davom etgan o'yinda Humoyun va uning do'sti 6:3, 1:6, 5:10 hisoblarida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar