03 apr 17:12
Yangiliklar

Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirini bitta oltin medal bilan yakunladik
O'zbekistonlik dzyudochilar uchun Antaliya "Katta Dubulg'a" turniri yakunlandi.
Musobaqa medallari uchun kurashayotgan eng so'nggi vakilimiz - Muhammadkarim Hurramov bronza medali uchun o'tish bellashuvida kanadalik Kayl Reyesga imkoniyatni boy berib, turnirni 7-o'rin hamda 260 reyting ochkosi bilan yakunladi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Antaliya "Katta Dubulg'a" turniridagi ishtirokini Diyora Keldiyorova tomonidan qo'lga kiritilgan 1 ta oltin medal bilan tugatdi. Gulnoza Matniyazova 5, Muhammadkarim Hurramov va Alisher Yusupov 7-o'rinni egalladi. Endi dzyudochilarimiz 6-9 aprel kunlari Bishkekda o'tkaziladigan Osiyo-Okeaniya chempionatida ishtirok etadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar