29 jan 13:29
Yangiliklar
Futbol
Antaliyaga etib borgan “Qizilqum” bugun ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi
Yangi mavsumga tayyogarlikning ikkinchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazadigan navoiyliklar belgilangan manzilga etib borishdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Antaliyaga parvoz qilgan jamoa kecha tushdan keyin Antaliyadagi “Asteria” mehmonxonasiga joylashdi va shu kechga yaqin mehmonxonaga qarashli futbol maydonida ilk mashg'ulotlarni ham o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, ikki hafta davom etadigan xorij yig'ini doirasida "Qizilqum" futbolchilari beshta nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi.
Navoiyliklar ilk nazorat uchrashuvini 29 yanvar kuni Vladikavkazning “Alaniya” jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
“Qizilqum” klubi matbuot xizmati
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar