02 apr 14:50
Yangiliklar
Futbol
Antonio Konte Keynning "Tottenxem"da qolishini xohlaydi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa hujumchisi Xarri Keynning kelajagi haqida gapirdi.
"Albatta, Xarrining kelishini xohlardim... va mavsumni yaxshi yakunlash juda muhim. U har bir murabbiy o'z jamoasida ko'rishni xohlaydigan o'yinchi. Bizning Xarri bilan aloqalarimiz ajoyib. U top-o'yinchi", - deydi Konte.
28 yoshli futbolchining "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Keyn 2021/22 yilgi mavsum Angliya klubi safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar