26 may 10:36
Yangiliklar
Engil atletika
Anvar Anvarov "Brilliant Liga"ning ikkinchi bosqichida qanday natija ko'rsatdi?
Xitoyning Syamin shahrida engil atletika bo'yicha "Brilliant Liga" turkum musobaqasining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi.
Musobaqaning erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash bellashuvlarida O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 yozgi Olimpiadasi ishtirokchisi Anvar Anvarov ham ishtirok etdi.
Hamyurtimiz o'z urinishlarida 8.01 m natija qayd etib, 10 nafar sportchi orasida beshinchi bo'ldi. greciyalik Miltiadis Tentoglu 8.46 m bilan birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, Yamayka vakili Tajay Geyl 8.32 metrga sakrab, mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etish barobarida kumush medalga ega chiqdi. Uchinchi o'rin esa bolgariyalik Bojidar Saraboyukovga nasib etdi (8.29 m).
Eslatib o'tamiz, Anvar 16 may kuni CHunsindagi bosqichda ham startga chiqib, 8.01 m natija bilan bronza medaliga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar