15 may 07:50
Yangiliklar
Anvar Anvarov Brilliant Liganing SHanxaydagi bosqichida qatnashadi
O'zbekiston engil atletika federaciyasining malum qilishicha, musobaqada hamyurtimiz Anvar Anvarov ishtirok etadi.
Erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash yo'nalishida dunyoning eng sara atletlari chiqish qiladigan musobaqada Anvar Anvarovga dunyo reytingi etakchisi italiyalik Mattia Furlani, 4-o'rindagi Bojidar Sarboyukov, 5-o'rinda turgan Liam Edkok va yana ko'plab yulduzlar raqiblik qiladi.
Brilliant Liga SHanxay dasturi bo'yicha eng birinchi bo'lib erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash musobaqasi start oladi. Biroq ushbu tur yil davomida o'tkaziladigan Liganing ochko jamg'arish tizimi bo'yicha hech qanday ochko taqdim etmaydi.
Anvar Anvarovning o'tgan yilgi natijalari orasida Lozanna Brilliant Liga musobaqasida qo'lga kiritilgan birinchi o'rin, shubhasiz, eng yuqori natija hisoblanadi. O'shanda Anvarov 7.84 metr natija bilan barcha raqiblaridan ustun kelib, Brilliant Ligada g'oliblikni qo'lga kiritgan ikkinchi o'zbekistonlikka aylangan edi.
Fikrlar