13 iyu 07:55
Yangiliklar

Anvar Berdiev yubiley 500-bahsini o'tkazdi
Mazkur o'yinda farg'onaliklarning afsonaviy futbolchisi Anvar Berdiev faoliyatidagi rasmiy 500-bahsida ishtirok etdi. SHu vaqtga qadar tajribali hujumchi O'zbekiston chempionatlarida 499 ta uchrashuvda ishtirok etgandi.
Aytish kerakki, futbolchi mazkur o'yinlarning ko'plab qismini qadrdon jamoasi bo'lmish, “Neftchi” safida o'tkazgan hamda o'zining to'purarlik salohiyati, bektakror o'yinlari bilan nafaqat farg'onalik, balki butun o'zbekistonlik muxlislarning qalbidan o'chmas iz qoldirdi.
40 yoshli hujumchining 500-bahsi “o'zbek el-klassikosi” hisoblanmish “Paxtakor”ga qarshi bahsga to'g'ri keldi. Hujumchi mazkur o'yinda zahiradan maydonga tushdi va “Neftchi” uchun muhim bo'lgan golga mualliflik qildi. O'yindan so'ng stadionda futbolchini jamoadoshlari 500 raqami tushirilgan futbolka bilan tabriklashdi.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar