So’nggi yangiliklar

17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0

26 okt 13:40
Yangiliklar

Eshkak eshish

Anvar Klevleev boshchiligidagi slalomda eshkak eshuvchilarimiz licenzion Osiyo chempionatida ishtirok etadi

27-29 oktyabr kunlari Yaponiyada slalomda eshkak eshish bo'yicha Parij-2024 yozgi Olimpiadasi yo'lida licenzion Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Musobaqada Qozog'iston, Xitoy, Yaponiya, Xitoy Taypeyi, Hindiston, Eron, Livan, Gonkong, Tailand va O'zbekistondan tashrif buyurgan sportchilar Parij - 2024 Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun bahs olib borishadi. O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham yakkalik, ham jamoaviy bahslarda bahs olib boradi.

Musobaqada ishtirok etuvchi tarkibimiz bilan tanishing:

C1:

Anvar Klevleev

Alibek Temirgaliev

Abubakir Bukanov

K1:

Jonibek Temirgaliev

Barkamol Mirzahamdamov

SHohobiddin Boltaboev

Bosh murabbiy: Rustam Ro'ziev

Murabbiy: Pavel Smirnov

Murabbiy: Izzatilla Rahmatullaev.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tgan XIX Osiyo o'yinlarida Anvar Klevleev oltin medalni qo'lga kiritgan edi, ammo hakamlarning qayta hisoblashi va tekshirishi natijasida hamyurtimiz oltin medaldan mosuvo etilgan edi va ikkinchi o'ringa tushib qolgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing