So’nggi yangiliklar

13:16Илгиз Танташев бугунги ўйиндаги ҳакамлиги учун 1 баҳо олди 0 12:41"Оқ уй эффекти". Жастин Гэтжи учун 3,6 миллион долларлик шартнома ҳақида маълум қилинди 0 11:57Ўзбекистон Кубоги. Иккинчи кун 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:31SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек блицда ҳам, умумий рўйхатда ҳам 2-ўринга кўтарилди! 0 10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 09:57Усикнинг Уайлдер билан жанги Дана Уайтнинг промоушенида ўтказилиши мумкин 0 09:33Тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи IBA Nomad 15 турнирида жанг қилди 0 18:24Гринвуд А Серияга йўл оладими? 0 17:57Дональд Трамп Оқ уйда Жастин Гэтжи ва унинг оиласини қабул қилди + ФОТО 0 17:22Нодирбек Абдусатторов — FIDE блиц рейтингида жаҳоннинг иккинчи шахматчиси! 0 16:56Забит жиддий жароҳат сабаб Рауль билан жанг қилмайди, унинг ўрнини укаси эгаллайди (ФОТО) 0 16:33Модрич "Милан" билан янги шартнома имзолашга яқин 0 16:02Макс Холлоуэй жанг олдидан Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 15:29SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек Абдусатторов рапид турнирини Топ-3`да якунлади 0

26 iyu 12:50
Yangiliklar

Futbol

APL. Bugun so'nggi tur. MYU va "CHelsi"ning taqdiri hal bo'ladi

Bugun Angliya Premer-ligasining 38-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Bugun butun dunyoning etiborida "Lester" - "Manchester Yunayted" hamda "CHelsi" - "Vulverxempton" uchrashuvlari bo'ladi. O'z navbatida biz ham fokusni shu tomonga qaratamiz.

"Lester" - "Manchester Yunayted"
1-davradagi o'yin:
1:0 ("Manchester Yunayted" foydasiga)


Mankunianliklar o'tgan yilning sentyabr oyidan buyon ilk marta 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Aslida bu holat 36-turda yuz berishi mumkin edi, biroq jamoa o'z maydonida "Sautgempton"ni mag'lub eta olmadi. Sulsher tarkibda rotaciyaga unchalik qo'l urmayapti, 5 kun ichida Maguayr, Fernandesh kabi etakchi futbolchilar 90 daqiqadan 3ta o'yinni o'tkazishdi. SHuningdek, ushbu mavsumda David de Xeaning o'yinlari ham o'xshamayapti.

Agarda ushbu o'yinda mezbonlar g'alabaga erishsa, kelasi mavsumda ECHLda o'ynaydi. Agarda durang qayd etilsa, "Lester" "CHelsi"ning natijasiga qarab qoladi, MYU esa kamida saralash yo'llanmasini hal qiladi. Har qanday hisobdagi g'alaba mankunianliklarga 3-o'rinda qolishiga sabab bo'ladi.

Umuman olganda MYU, "CHelsi" va "Lester" jamoalarining gollar farqida faqatgina londonliklarning natijasi yomon, +13, qolgan ikki jamoada esa bu natija +28ni tashkil qiladi. Lekin "CHelsi"ning hozirgi holati nisbatan yaxshiroq. Bu haqda batafsil to'xtalamiz.

Taxminiy tarkiblar -
"Lester": 
SHmeyxel - Jastin, Evans, Morgan, Tomas - Ndidi, CHudxuri, Tilemans - Peres - Vardi, Ixeanacho.
"Manchester Yunayted": De Xea - Van-Bissaka, Lindelof, Maguayr, Uilyams - Matich, Pogba, Fernandesh - Reshford - Grinvud, Marsyal.

Tanganing narigi tomoniga nazar tashlasak, MYUning so'nggi o'yinlarida pasayish kuzatilmoqda. Oddiy raqiblar bilan o'yinlarda ham ochkolar yo'qotilmoqda. Agarda jamoa bugun mag'lub bo'lib, ECHL yo'llanmasidan quruq qolsa, etiborini Evropa ligasiga qaratishga majbur bo'ladi.

Yo'qotishlarga keladigan bo'lsak, bugungi bahsni mankunianliklardan Erik Bayi o'tkazib yuborishi aniq bo'lib ulgurgan. U "CHelsi" bilan o'yinda boshidan jiddiy jarohat olgandi. SHuningdek, Lyuk SHouning o'yinda qatnashishi so'roq ostida qolgan.

"Lester"da esa yo'qotishlar anchagina salobatli nomlarni o'z ichiga olgan: Fuks, CHilluell, Meddison, Pereyra, Amarti va Olbrayton kabi futbolchilarda jarohatlar bor, Suyunju esa o'tgan turda qizil kartochka olib, diskvalifikaciyaga uchragan.

"CHelsi" - "Vulverxempton"
Birinchi davradagi o'yin
: 2:5 ("CHelsi" foydasiga)


"CHelsi" uzoq muddat davomida 3-o'rinni hech kimga bermadi, hatto 4-pog'onadagi raqibidan 10 ochkogacha o'zib ketgan payti ham bo'ldi. Biroq Lempard barqaror jamoa tuza olmagani sababli mag'lubiyatlar tez-tez kuzatilib turdi. Jamoa bir hafta oldin "Manchester Yunayted"ni mag'lub etib, Angliya Kubogi finaliga yo'llanma olgandi. Biroq APLning so'nggi 3 o'yinida londonliklar 2 marta mag'lub bo'lishdi.

Yuqorida takidlaganimizdek, "CHelsi"ning ECHLga chiqish uchun imkoniyatlari MYU va "Lester"dan ko'ra yaxshiroq. Bu yo'lda "aristokratlar"ga 1 ochko etadi. SHu orqali ular kamida 4-o'rinni naqd qilishadi. Mag'lubiyatga uchrasa klub taqdiri narigi uchrashuv natijasiga bog'liq bo'lib qoladi. SHu orqali "CHelsi" ECHL yo'llanmasidan ham quruq qolishi mumkin.

APLda o'yinlar ketma-ket bo'layotganini inobatga olsak, barcha futbolchilar charchagan va o'yinlarda har qanda natija bo'lishi mumkin, oldindan biror nimani taxmin qilib bo'lmaydi. "CHelsi" esa keyinchalik finalni o'ynashi uchun ham kuch saqlab qolishi kerak bo'ladi.

Taxminiy tarkiblar -
"CHelsi": 
Arrisabalaga - Ryudiger, Zuma, Aspilikueta, Alonso - Jorjino, Kovachich, Jeyms, Villian - Jiru, Pulishich.
"Vulverxempton": Patrisiu - Boli, Koadi, Saiss, Doerti - Nevesh, Jonni, Moutino, Dendonker - Ximenes, Podens.

"CHelsi"da yaxshigina yo'qotishlar bor: Kante va Barkli kabi futbolchilar anchadan buyon maydonga tushmayapti. "Bo'rilar" esa o'yinda jangovar tarkib bilan o'ynashi kutilmoqda.

SHuningdek, APLdan tushib ketadigan bir jamoa nomi aniq bo'lmagan. Bu nomga "Aston Villa" yoki "Uotford" "erishishi" mumkin. Gap shundaki, ikki jamoa ham Londonda mehmon bo'lishadi va mos ravishda "Vest Xem" hamda "Arsenal" sinovidan o'tishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing