02 apr 07:50
Yangiliklar
Futbol
APL. "CHelsi" London derbisida "Tottenxem"ga yutqazdi
Angliya Premer ligasi 32-turidan o'rin olgan "CHelsi" hamda "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi.
Garchi o'yindagi hisobni mezbonlar ochishgan bo'lsada, ularga nafaqat g'alaba, balki durang natijani saqlab qolish nasib qilmadi. "Tottenxem" Delli Allining dubli hamda Eriksenning goli evaziga London derbisini 3:1 hisobida o'z foydasiga hal etdi.
"CHelsi" - "Tottenxem" 1:3
Gollar: Morata 30, Eriksen 45, Alli 62, 66.
"CHelsi": Kabalero, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Jiru 82), Kante, Fabrgas, Alonso (Emerson 84), Villian, Azar, Morata (Kallum 88).
"Tottenxem": Loris, Tripper, Sanches, Vertongen, Devis, Dayer (Vanyama 81), Demele, Lamela (Sissoko 88), Eriksen, Alli, Son (Keyn 74).
Ogohlantirish: Devis 70.
Havola :
Fikrlar