13 dek 14:22
Yangiliklar
Futbol
APL klublari "Barselona" yarim himoyachisini nishonga oldi
"Barselona" xavbeki Gaviga ko'plab Angliya klublari qiziqmoqda.
Gap "Manchester Yunayted", "Liverpul" va Londonning "CHelsi" klubi haqida ketmoqda.
17 yoshli yarim himoyachining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasida tovon puli sifatida 50 mln evro ko'rsatilgan. MYU "Barsa" u bilan yangi shartnoma imzolashga ulgurmasidanoq, xavbekni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ispanlarning esa rejasida bir milliard evrolik tovon puli bor.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar