25 may 18:42
Yangiliklar
Futbol

APL klublarining to'laqonli mashg'ulot o'tkazishlariga ruxsat berildi
Ammo klublar biror-bir o'yinchi COVID-19'ga chalingan taqdirda nima bo'lishini bilishni xohlashmoqda.
Angliya Premer-ligasi Britaniya hukumati tomonidan to'laqonli mashg'ulotlar o'tkazish uchun ruxsat oldi.
Seshanba kuni murabbiylar va o'yinchilar chorshanba kungi to'laqonli mashg'ulotlar uchun ovoz berishdan oldin Premer-liga bilan tibbiy protokolning ikkinchi bosqichini muhokama qilishmoqchi.
Ammo, hukumatning ruxsatiga qaramay, klublar va futbolchilar jamoadan kimdir COVID-19'ga chalingan taqdirda butun jamoaning karantinga yuborilish yoki yuborilmasligi bo'yicha aniqlik kiritishmoqi.
Premer-liga klublari orasida o'tkazilgan ikki darajadagi testdan so'ng 8ta zararlanish holati qayd etildi. APLda restartga qarshi chiqayotganlar ham yo'q emas.
Havola :
Manba : The Telegraph
Fikrlar