29 sen 20:14
Yangiliklar
APL. "Manchester Yunayted" "Vest Xem"ga mag'lub bo'ldi
Uchrashuvda hisob 5-daqiqada ochildi. Pablo Sabaleta o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichidagi Felipe Andersonga etkazdi. Anderson esa bir harakat bilan to'pni darvozaga to'g'irladi va o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Takroriy lavhada Sabaleta o'yindan tashqari holatda ekanligi ko'rindi.
43-daqiqa. Andray Yarmolenko raqib jamoa jarima maydonchasi oldida zarba berdi, to'p Lindelyofga tegib, darvozadan joy oldi. 2:0.
71-daqiqa. Markus Rashford burchakdan uzatib berilgan to'pni tovoni bilan darvozaga yo'llab, hisobni qisqartirdi va MYU muxlislarida umid uyg'otdi.
74-daqiqa. Mark Nobl raqib himoyachilarni kesib o'tuvchi uzatmasi bilan Marko Arnautovichni ajoyib poziciyaga chiqardi. Arnautovich birga-bir vaziyatda David de Xeani taslim etdi. 3:1.
"Vest Xem" – "Manchester Yunayted" 3:1
Gollar: 1:0 – 5 Felipe Anderson, 2:0 – 43, avtogol Lindelef, 2:1 – 71 Reshford, 3:1 – 74 Arnautovich.
"Vest Xem": Fabianski, Diop, Balbuena, Masuaku, Rays, Felipe Anderson (Diangana, 90), Nobl, Yarmolenko (Snodgrass, 72), Obiang, Arnautovich (Antonio, 83), Sabaleta.
"Manchester Yunayted": De Xea, Smolling, SHou, Yang, Lindelef (Reshford, 57), Pogba (Fred, 70), Matich, Fellayni, Maktomini, Marsyal (Mata, 71), Lukaku.
Ogohlantirishr: Yang (78).
Fikrlar