23 dek 09:14
Yangiliklar
![](/upload/storage/25289_220.jpg)
APL. Oltita gol kiritilgan bahsda g'olib aniqlanmadi
Uchrashuvda Koutino hisobni ochgan bo'lsa, 52-daqiqada Salah oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Maydon egalarining ushbu goldan keyin “ishtahalari ochildi”: besh daqiqa ichida Arsen Venger jamoasi “Liverpul” darvozasiga naqd uchta gol urishning uddasidan chiqdi.
Dastlab Sanches qanotdan oshirilgan to'pni darvozaga aniq yo'llagan bo'lsa, sal o'tmay Jakaning kutilmaganda yo'llagan kuchli zarbasi yo'lida Minole ojiz qoldi. Ozil esa jamoadoshi uzatgan zargarona pasni o'tkir burchak ostida darvozaga aniq yo'lladi. 71-daqiqaga kelib Firmino o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi - 3:3.
Angliya chempionati. 19- tur.
Arsenal – Liverpul 3:3 (0:1, 3:2)
Gol: 0:1 – 26 Koutino, 0:2 – 52 Salax, 1:2 – 53 Sanches, 2:2 – 56 Jaka, 3:2 – 58 Ozil, 3:3 – 71 Firmino.
Arsenal – CHex, Monreal (Mustafi, 46), Koselni, Belerin, Meytlend-Naylz, Uilsher, Jaka, Ozil, Ivobi (Uelbek, 78), Sanches (Uolkott, 89), Lyakazett.
Liverpul – Minole, Lovren, Robertson, Gomes, Klavan, Mane (Veynaldum, 80), Djan, Firmino, Koutin o (Oksleyd-CHemberlen, 84), Salax, Xenderson (Milner, 13).
Ogohlantirish: Ivobi (58).
Fikrlar