So’nggi yangiliklar

19:35Назорат ўйини. Ўзбекистон U-19 Туркияни мағлуб этди 0 19:07Дана Уайт бошчилигида ташкил этилган бокс Лигасининг илк турнири эълон қилинди 0 18:42Тошкентда ўтказиладиган PWL 11 кураш турнирида кимлар иштирок этиши маълум бўлди. Спортчилар орасида Разамбек Жамалов, Заур Угуев ва Кайл Снайдер каби номлар бор (ПОСТЕР) 0 18:17Бокс бўйича катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионати тақвими маълум бўлди (ФОТО) 0 17:53Тўртта терма жамоа мухлислари АҚШга кириш тақиқи сабабли ЖЧ-2026 дан қуруқ қолишлари мумкин 0 17:29Адесенья октагонга кўтариладиган оқшомнинг иккинчи асосий жанги ҳам эълон қилинди 0 17:04Яхши хабар: Ўзбекистон спорт брэнди Италиянинг машҳур велоспорт клуби титул ҳомийсига айланди (ФОТО) 0 16:39Ислам Махачев қандай ҳолатда Илия Топурия билан жанг қилиши мумкинлигини айтди 0 16:16Нима учун МЮ Сульшерни эмас, Кэррикни танлади? 0 15:52Бенавидес Бетербиев ва Бивол билан жанг қилишни истайди 0 15:26"Уч раунд ичида финиш қиламиз". Пимблетт — Гэтжи билан жанг ҳақида гапирди 0 15:03Махачев: "Оқ уйда жанг қилишни истардим, аммо..." 0 14:41Хаби Алонсо истеъфосининг тафсилотлари ошкор қилинди 0 14:20"Одамларнинг хотираси қисқа. Тайсон уч карра жаҳон чемпиони бўлади" - Фьюрининг отаси 0 13:59"Махачқалъанинг "Динамо"сига ёрдамчилар керак" - Махачев Алонсонинг "Реал"дан кетиши ҳақида 0

20 okt 14:53
Yangiliklar

Futbol

APL. Superto'qnashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda

Bugun va ertaga futbol ishqibozlarini katta to'qnashuvlar kutib turibdi.

Biz uchun eng katta qarama-qarshilik Toshkentda bo'lib o'tadi. "CHempionlik o'yini"da "Paxtakor" jamoasi "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Ammo, hozir boshqa bir daxshatli to'qnashuv haqida yozmoqchimiz.

APL, 9-tur
20.10.2018, 16:30
"Stemford Bridj", London
"CHelsi" - "Manchester Yunayted"
Bosh hakam:
Mayk Din


Tumanli albionda bugun "Titanlar jangi"ga guvoh bo'lamiz. Yangi bosh murabbiy Mauricio Sarri bilan birga mavsumni ajoyib boshlagan "CHelsi" o'z maydonida Joze Mourino boshchiligida muammolar girdobiga tushib qolgan "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. Jamoalarning ayni paytda turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan qati nazar uchrashuv markaziy maqomida bo'laveradi.

"CHelsi" Sarri qo'lostida 4-3-3 taktik sxemasida to'p tepmoqda. Jamoa to'pga egalik qilishni yaxshi ko'radi, italiyalik mutaxassis to'p doimo uning shogirdlarida bo'lishini xohlaydi. SHuningdek, raqib to'pni egallab turgan pallada jamoa yuqori pressing uyushtiradi va shu orqali to'pni tezroq olib qo'yishga urinadi. Ayni paytda londonliklar tomoshabop futbol namoyish etishmoqda. Bugungi "CHelsi" ayni paytdagi MYUdan kuchli. Lekin, bunday uchrashuvlarda tomonlarning holati ikkinchi planga tushadi. Hammasi kimning qanday tayyorgarlik ko'rganiga bog'liq bo'lib qoladi. Bunda ruhiyat muhim ahamiyat kasb etadi.

"CHelsi"ning asosiy quroli - Eden Azar. Hozir Azar Premer-ligadagi eng kuchli 3 o'yinchidan biri. Mourino oldingi yillarda unga nisbatan ikki bor bir o'yinchini alohida qo'riqlashni topshirgan. Bir safar Errera Edenni qo'riqlashni "qotirib qo'ygan" bo'lsa, yana bir marta Skott Maktominey kuchli raqibni ancha zararsizlantira olgan edi. Belgiyalikning formasidan kelib chiqadigan bo'lsak, bugun ham unga personal "qo'riqchi" kerakdek ko'rinmoqda.


"Manchester Yunayted"ni juda murakkab davr kutib turibdi. Yaqin 3 hafta ichida Mour shoigrdlari "CHelsi", "Yuventus" va "Manchester Siti"ga qarshi o'yinlarni o'tkazishlari kerak bo'ladi. Ko'rib turganingizdek, shundoq ham turli muammolar va jarohatlar girdobida qolgan MYUni og'ir o'yinlar qarshi oladi.

Joze bugun "Stemford Bridj"ga qaytadi. Bu stadionga keladigan mezbon muxlislarda u bilan bog'liq ajoyib va salbiy xotiralar bor. "Yunayted"da kadrlar bilan bog'liq jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Roxo va Lingardning o'ynamasligi deyarli aniq. Matich, SHou, Maktominey, Dalotlarning maydonga tushishi ham katta so'roq ostida. Hammasi ularning bugun tongda qay ahvolda bo'lishganiga bog'liq. Ander Errera esa endigina jarohatidan tiklanib safga qaytdi. Lekin, hozirgi holatdan kelib chiqsak, Joze Anderni maydonga tushirsa kerak. Bundan tashqari, murabbiy va Aleksis Sanchesning o'zaro munosabatlari ham yomonlashgan va bu narsa chililikning maydonga tushish ehtimolini kamaytiradi.

Taxminiy tarkiblar:

"CHelsi":
Kepa Arrisabalaga – Sezar Aspilikueta, Antonio Ryudiger, David Luis, Markos Alonso – Jorjino, Ngolo Kante, Mateo Kovachich – Pedro, Olive Jiru, Eden Azar.

"Manchester Yunayted": David De Xea – Antonio Valensiya, Viktor Lindelyof, Kris Smolling, Lyuk SHou – Fred (Matich), Ander Errera, Pol Pogba – Markus Reshford, Romelu Lukaku, Xuan Mata.

O'ynamaydi: Ampadu – Roxo, Lingard.
So'roq ostida: Ryudiger – Sanches, SHou, Fellayni, Errera, Matich, MakTominey.

SHuningdek, bugun APL 9-turi doirasida quyidagi bellashuvlar o'tkaziladi:

16:30. "CHelsi" - "Manchester Yunayted"
19:00. "Bornmut" - "Sautgempton"
19:00. "Kardiff" - "Fulxem"
19:00. "Manchester Siti" - "Byornli"
19:00. "Nyukasl" - "Brayton"
19:00. "Vest Xem" - "Tottenxem"
19:00. "Qulqerxempton" - "Uotford"
21:30. "Xaddersfild" - "Liverpul"

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing