11 avg 07:21
Yangiliklar
![](/upload/storage/43303_220.jpg)
APLda yangi mavsum boshlandi, MYU "Lester"ni mag'lub etdi
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq hisob ochildi. Ben Amarti o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun penalti belgilandi. Pol Pogba 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi.
Ikkinchi bo'lim yakunlanib borayotgan bir vaqtda MYUning yana bir hujumi o'z samarasini berdi. O'yinning 83-daqiqasida chap qanot himoyachi Lyuk SHou raqib darvozasini ishg'ol qildi. Qo'shimcha berilgan daqiqada esa Jeymi Vardi hisobni qisqartirdi. Uchrashuv 2:1 hisobida "Qizil iblislar"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
Manchester Yunayted – Lester 2:1
11 avgust, 00.00, "Old Trafford"
Gollar: 1:0 – 3, penalti Pogba, 2:0 – 83 SHou, 2:1 – 90 Vardi.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, SHou, Darmian, Lindelef, Pogba (Fellayni, 84), Pereyra, Mata, Fred (Maktomini, 76), Sanches, Reshford (Lukaku, 67).
Lester – SHmeyxel, Maguayr, Morgan, CHiluell, Rikardu Pereyra, Ndidi, Amarti (Gezzal, 63), Meddison (Vardi, 63), Adrien Silva (Iborra, 80), Grey, Ixeanacho.
Ogohlantirishlar: Amarti (51), Fred (54), Pereyra (69).
Fikrlar