03 apr 11:14
Yangiliklar
Futbol

APLni yana bir jamoa rasman tark etdi
Kecha “Fulxem” safarda “Uotford” mehmoni bo'lib, yirik hisobda (1:4) imkoniyatni boy berdi.
Londonliklar APL doirasidagi so'nggi 14 ta o'yinning 13 tasida yutqazdi. SHu tariqa jamoa muddatidan avval APLni tark etdi. Ayni chog'da “Fulxem” bosh murabbiyi Skott Parker bo'lib turibdi. Mavsum davomida esa klubni Klaudio Raneri va Slavisha Yokanovich boshqarishga ulgurdi.
Avvalroq “Xaddersfild” APLni muddatidan avval tark etib, “Derbi Kaunti” antirekordini takrorlagandi. “Fulxem” mavsum avvalida jamoani kuchaytirish uchun 100 mln funtdan ko'proq mablag' sarflagandi.
Havola :
Fikrlar