13 noy 12:54
Yangiliklar

AQSH - 17 yillik tanaffusdan so'ng Fed Cup g'olibi!
Unda AQSH terma jamoasi mezbonlar - belaruslik tennis malikalarini 3:2 hisobida mag'lub etib, bosh mukofot sohibiga aylandi. AQSH so'nggi bor 2000 yilda ushbu sovringa ega chiqqan edi.
O'n etti yillik tanaffusdan so'ng ushbu mamlakat tennisi tarixidagi 18-titul qo'lga kiritildi. Amerikaliklar 2000 yildan keyin uch bor (2003, 2009, 2010) finalda o'ynashgandi.
Belarus – AQSH 2:3
Birinchi kun (shanba, 11 noyabr)
Aleksandra Sasnovich (Belarus, 2) – Koko Vandevege (AQSH, 1) – 4:6, 4:6
Arina Sobolenko (Belarus, 1) – Sloan Stivens (AQSH, 2) – 6:3, 3:6, 6:4
Ikkinchi kun (yakshanba, 12 noyabr)
Arina Sobolenko (Belarus, 1) – Koko Vandevege (AQSH, 1) – 6:7 (5), 1:6
Aleksandra Sasnovich (Belarus, 2) – Sloan Stivens (AQSH, 2) – 4:6, 6:1, 8:6
Vera Lapko/Lidiya Morozova (Belarus) – Elison Riske/SHelbi Rojers (AQSH) – 3:6, 6:7 (3)
Fikrlar