So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

23 sen 12:47
Yangiliklar

SHaxmat

AQSH tarkibida Olimpiada bronza medalini qo'lga kiritgan Gulruhbegimning natijalari qanday bo'ldi?

Budapesht shahri mezbonligida o'tgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida AQSH ayollar terma jamoasi bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Agar amerikaliklar so'nggi turda qozog'istonlik dugonalarini mag'lub etishganida, kumush medallarga ega chiqishlari ham mumkin edi. Aynan so'nggi turda AQSH terma jamoasining birinchi taxtasida o'ynagan hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova eng yosh jahon chempioni Bibisara Assaubaevaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yakunda AQSH va Qozog'iston 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Bu esa Qozog'istonga kumush medallarni taqdim etdi. 

Umuman olganda, Tohirjonova 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida qanday natija ko'rsatdi? U 11 ta turning 10 tasida ishtirok etdi. Faqat O'zbekistonga qarshi uchrashuvda vatanparvarligi sababidan o'ynamadi. Qolgan 10 ta uchrashuvda 3 g'alaba, 4 durang va 3 mag'lubiyat qayd etdi. Reytingda o'zidan yuqorida joylashgan hindistonlik Rameshbabu Vayshali, ukrainalik Yuliya Osmakni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Filippin, Kanada, Niderlandiya, SHveycariya terma jamoalari shaxmatchilari bilan durang o'ynadi. Bibisaradan tashqari, Mo'g'uliston va Armaniston terma jamoalari shaxmatchilariga yutqazib qo'ydi. 

"Bu AQSH terma jamoasining Olimpiadada 16 yil kutgan medali! SHu jamoa tarkibida men ham sovrindor bo'lganimdan xursandman", - deya quvonchini izhor qildi Tohirjonova.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing