27 apr 20:25
Yangiliklar
AQSHda UFC 300 turnirining yana bir jangchisi gonorari muzlatib qo'yildi
Gap shundaki, Nevada shtati Atletik komissiyasi ushbu turnirda jang qilgan ikkinchi aralash yakkakurash ustasining ham o'sha oqshom uchun kafolatlangan gonorarini bloklab qo'ydi. Buning natijasida braziliyalik Diego Lopes UFC 300 turniridagi gonorarini olomayapti.
Bu haqda MMA Junkie jurnalisti Nolan King o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda. Nevada shtati Atletik komissiyasi Lopesning Sodik Yusuffni mag'lub etganidan keyin oktagon setkasidan oshib o'tgani uchun shunday yo'l tutgan.
Avvalroq, Atletik komissiya UFC 300 turnirida jang o'tkazgan Arman Carukyanning ham gonorarini muzlatib qo'ygandi. Bunday qaror qabul qilinishiga Armanning oktagonga chiqib kelish paytida tribunadagi muxlis bilan urishib ketgani sabab bo'lgandi.
Fikrlar