10 iyu 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA
AQSHning Olimpiada uchun tarkibi malum. Bahodir Jalolov vaznida "zarbasiz" Joshua!
Boks bo'yicha AQSH terma jamoasi murabbiylar shtabi Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etadigan tarkibni elon qilishdi.
AQSH erkaklar terma jamoasi safida 4 nafar bokschi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi: Rosko Xill (51 kg), Jamal Xarvi (57 kg), Omari Jons (71 kg) va Joshua Edvards (92+ kg).
Eng og'ir vazn toifasida hamyurtimiz Bahodir Jalolov amaldagi Olimpiada chempioni hisoblanadi. U Tokio-2020 Olimpiadasi finalida amerikalik Richard Torresni mag'lubiyatga uchratgandi. Bu vaznda shunindek, qozog'istonlik Kamshibek Kunkabaev ham bor.
Qiziq statistika, Jalolov havaskor boksda 27 ta nokaut (BoxRec malumoti) qayd etgan. Kunkabaevda — 13 nokaut! Joshua Edvards esa muddatidan avval qozonilgan g'alaba umuman yo'q ekan.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar