27 okt 07:55
Yangiliklar
Tennis

Arina Folc Antaliyada vengriyalik tennischini taslim etdi
Istedodli tennischimiz Arina Folc Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan musobaqaning sakkizinchi raketkasi sifatida qayd etilgan. Arina birinchi bosqichda vengriyalik Aleksa Pirokka qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuvda Arina raqibasini 6:0, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Endi u chorak final chiptasi uchun kechadigan bahsda chexiyalik Anna Slovakova qarshiligini engishga urinib ko'radi. Anna birinchi davrada rossiyalik Mariya Oreshkinani 6:3, 6:1 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar