28 okt 12:10
Yangiliklar
Tennis

Arina Folc Antaliyadagi turnirda chorak finalga chiqdi
Istedodli tennischimiz Arina Folc Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan musobaqaning sakkizinchi raketkasi sifatida qayd etilgan. Arina ikkinchi davra uchrashuvida chexiyalik Anna Slovakovaga qarshi kortga chiqdi.
CHorak final chiptasi uchun kechgan va 1 soatu 18 daqiqa davom etgan bahsda Folc raqibasini 6:4, 6:1 hisobida taslim etdi. Bugun tennischimiz chorak finalda turnirning ikkinchi raketkasi vengriyalik Agnes buktaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar