23 sen 10:05
Yangiliklar
Tennis

Arina Folc CHimkent turnirining yarim finalida
Istedodli tennischimiz Arina Folc Qozog'istonning CHimkent shahrida o'tkazilayotgan turnirning yarim finaliga chiqdi.
19 yoshli tennischimiz sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi Shymkent Open turnirida to'rtinchi raqam ostida harakat qilyapti. U chorak final uchrashuvida rossiyalik Anna Ukolovaga qarshi kortga chiqdi.
Birinchi set 7:5 hisobida Ukolova foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda endi Arina 6:2 hisobi bilan zafar quchdi. Uchinchi setning uchinchi geymi oldidan esa Anna bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytga kelib, vakilamiz 2:0 hisobi bilan oldinga chiqib olgandi.
Bugun hamyurtimiz final chiptasi uchun yana bir rossiyalik tennischi Darya Krujkovaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu turnirda tennischilarimizdan Uljan Espolova, Polina Merenkova, Albina Xabibulina, Yuliya Kim va Laylo Bahodirovalar ham ishtirok etishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar